Shriftning o'lchami:AARang:ЦЦЦStandart veb-sayt versiyasi

Хирургическое лечение и диагностика

рисунок 4

 "Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi" AJ ("Akademik V. Vohidov nomidagi RIXM" AJ) - respublikada  ko`p tarmoqli yetakchi ilmiy va tibbiyot muassasasidir.

   Markazning birinchi direktori va O`zbekistonda jarrohlik maktabining asoschisi akademik Vosit Vohidovich Vohidov etakchi jarrohlardan edi."Akademik V. Vohidov nomidagi RIXM" AJ- O`zbekistonda jarrohlik maktablarining ilg`or etakchilaridan bo’lib  jahon ilmiy va texnologik taraqqiyotning eng so`nggi jarrohlik yutuqlarini tibbiy amaliyotda samarali qo`llab kelmoqda. Markaz ilmiy va tibbiy faoliyatining asosiy yo`nalishlari:

  • yurak va qon-tomir rekonstruktiv jarrohligi;
  • tomir jarrohligi;
  • o`pka va ko`ks oralig`i jarrohligi;
  • qizilo`ngach va me’da, qorin lazer jarrohligi;
  • jigar, o`t yo`llari va oshqozon osti bezi jarrohligi;
  • rekonstruktiv, plastik va estetik jarrohlik mikrovaskular texnikasi bilan;
  • endoskopik jarrohlik;
  • rentgenoendovaskular jarrohlik;
  • anesteziologiya va reanimatsiya;
  • ultratovush, funktsional diagnostika;
  • kompyuter va magnit-rezonans tomografiyasi;
  • laboratoriya diagnostikasi.

"Akademik V. Vohidov nomidagi RIXM" AJ  kuchli ilmiy va amaliy salohiyati tufayli, rivojlangan ko`plab mamlakatlar bilan yaqin va muvaffaqiyatli hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan eng ilg`or va yuksak samarali diagnostika va davolash usullarini qo`llab kelmoqda."Akademik V. Vohidov nomidagi RIXM" AJ yuqori malakali mutaxassis xodimlarga ega. Shuning uchun, markazda diagnostika va davolash ishlari bilan bir qatorda  shifokor jarrohlar va o’rta tibbiyot xodimlarni malakasini oshirish amalga oshiriladi. Markaz qoshida Toshkent tibbiyot akademiyasining jarrohlik va gospital kafedrasi, Toshkent tibbiyot akademiyasining magistratura kafedrasi, Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutining 1- Jarrohlik kafedrasi joylashgan.  

 

Рисунок3 Рисунок1

 Markazdagi etakchi mutaxassislar quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha malaka oshirish o`quv ishlarini olib boradi:

  • jarrohlik, 
  • anesteziologiya,
  • reanimatsiya,
  • endoskopiya,
  • videoskopik va endoskopik jarrohlik.

  "Akademik V. Vohidov nomidagi RIXM" AJ shartnoma asosida ilmiy va tibbiyot xodimlarni tayyorlaydi:

Quyidagi sohalar bo`yicha izlanuvchilik orqali (doktorlik o`quv davri - 3 yildan oshmasligi kerak):

  • jarrohlik;
  • yurak-qon tomir jarrohligi;
  • anesteziologiya va reanimatologiya;
  • nur diagnostikasi va davolash.

Mutaxassislik bo`yicha malaka oshirish: (1,3,6 oy 1 yil muddatli )

  • jarrohlik;
  • yurak-qon tomir jarrohligi;
  • torakal jarrohlik;
  • mikroxirurgiya;
  • anesteziologiya va reanimatologiya;
  • endoskopiya;
  • radiologiya ;
  • ultratovush diagnostikasi;
  • funksional diagnostika;
  • klinik laboratoriya diagnostikasi;
  • patologik anatomiya.

Markazda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar (KIXI) (kunduzgi doktorantura) va mustaqil izlanuvchilar (MI) instituti  faoliyat ko`rsatmoqda. Agar "Akademik V. Vohidov nomidagi RIXM" AJ da O`z shifokorlar va hamshiralarngizni malakasini oshirmoqchi bo`lsangiz, buyurtma asosida ariza yozib yuboring. Arizada yo`nalish nomi, mutaxassisning F.I.O., ish joyi, lavozimi, muassasa manzili , ta`lim muddati, to`lov kafolatlari ko’rsatilishi shart.